Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanada ko‘proq! Beeline Uzbekistan yangi YANA tariflarini ishga tushirdi
Har bosqichda yangi imkoniyatlar – shu tamoyilga ko‘ra, Beeline Uzbekistan yangi YANA tariflar qatorini yaratdi. To‘rtala tarifning barchasi O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga olgan, lekin har bir bosqichda abonent yoqimli qo‘shimchalarga ega bo‘ladi. Kompaniyaning yangilangan brendida «Imkoniyatlar» va «Texnologiklik» ramzlarini anglatuvchi yuqoriga yo‘naltirilgan zinapoya ko‘rinishida ifodalangani kabi, tariflar qatori ham o‘zining to‘liqligi jihatidan tobora ortib boradi!

Foto: Beeline Uzbekistan
Birinchi zinapoya: “YANA bitta”
Tariflarning birinchisi nafaqat muloqotni yaxshi ko‘radiganlar uchun. Oyiga 20 000 so‘m evaziga “YANA bitta” cheksiz qo‘ng‘iroqlardan tashqari 5 GB internet va Telegram hamda boshqa ommabop messenjerlarlar uchun 10 GBʼni o‘z ichiga olgan. Avval bunday narxdagi tarif rejasi bunchalik ko‘p narsani o‘z ichiga olmagan.
Ikkinchi zinapoya: “YANA ikkita”
Bu va keyingi barcha tariflarda cheksiz qo‘ng‘iroqlar kiritilgan, shuning uchun biz buni yana takrorlab ham o‘tirmaymiz. Yanada ko‘proq trafik! Hamma narsaga 10 GB, uchta eng ommabop messenjer uchun 20 GB. Yana nima? Beeline TVʼga cheksiz kirish qo‘shildi. Bu esa sizning sevimli telekanallaringiz, filmlaringiz va Amediateka seriallari. Ularni tamosha qilishda trafik sarflanmaydi. Tarif narxi – oyiga 37 000 so‘m.
Uchinchi zinapoya: “YANA uchta”
Bunda internet-trafik hajmi 20 GB, messenjerlar uchun esa 40 GB taqdim etilgan va ro‘yxatni YouTube to‘ldirib turadi. Bularning barchasi esa cheksiz Beeline TV bilan birga berilgan. “YANA uchta” narxi – oyiga 50 000 so‘m.
To‘rtinchi zinapoya: “YANA to‘rtta”
Qatordagi eng “olg‘a siljigan” tarif! Nafaqat hammasiga 35 GB, messenjerlar va YouTube uchun 70 GB, Beeline TV va boshqa «afzalliklar» bor, balki bu tarifda trafik kuymaydi. Asosiy paketning foydalanilmagan GB hajmi keyingi oyga o‘tkaziladi. Tarif narxi – 70 000 so‘m. Shuncha taqim etilgan narsalar uchun juda ham hamyonbop.
“Mijozlarimiz har daqiqada, kunning istalgan vaqtida Beeline Uzbekistan'ning eng yaxshi servis va xizmatlaridan foydalanishlari kerak, bizning yangi tariflar qatorimiz esa mobil internetdan yanada faolroq foydalanish, onlayn filmlarni yanada ko‘proq tomosha qilish va yaqinlar bilan muloqot qilish istagini bildiradi. Va agar siz joriy tarifingizda: “Men yanada ko‘prog‘ini istayman!” desangiz, YANA tariflar qatori foydasiga tanlov qilish vaqti keldi. Mazkur tariflarni yaratishda biz birinchi navbatda abonentlar uchun qulaylik va foyda haqida o‘ylaganmiz”, – deydi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.
Digital-operator yangi tariflarni ishga tushirish bilan cheklanmadi. STATUS liniyasini ham yangiladi. Uchta tarif – «Silver», «Gold» va «Platinum» – oyiga 100 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha. Ularga O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, hammasi uchun 50 dan 200 GBʼgacha, Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun 100 dan 400 GB gacha, shuningdek, barcha foydalanuvchilar uchun Beeline TV kiradi. Shuningdek, xalqaro rouming uchun maxsus shartlar mavjud. «Status» tariflari narxi va mazmunining yangi nisbati Beeline mijozlariga ham ma’qul kelishi shubhasiz.
Tarif rejalari haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Digital-operatorning saytiga havola bo‘yicha kiring: beeline.uz/ru/producs/tariffs
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline savdo belgisining O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Mavzuga oid

17:00 / 17.07.2025
Besh barobar o‘sish va ma’lumotlar uzatishda rekord: Beeline Uzbekistan tahlilchilari 2025 yilgi mobil internet haqida ma’lumot berishdi

17:00 / 10.07.2025
Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabulni boshladi

18:45 / 20.02.2025
Beeline Uzbekistan 2025 yilni tarmoqni keng ko‘lamli modernizatsiya qilishdan boshladi

14:00 / 29.01.2025