Dunyo okeanidagi suv harorati rekord darajaga ko‘tarildi
Aprel oyining boshidan beri okean yuzasining o‘rtacha harorati 21,1°S darajaga yetdi.

Foto: Alister Doyle/Reuters
Dunyo okeanining harorati sun’iy yo‘ldosh orqali o‘tkazilayotgan kuzatishlar davrida rekord darajaga ko‘tarildi, deb xabar berdi The Guardian. Bu dunyo bo‘yicha ekstremal ob-havo sharoitlariga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirmoqda olimlar.
Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshidan beri okean yuzasining o‘rtacha harorati 21,1°S bo‘lib, 2016 yilda qayd etilgan avvalgi maksimal 21°S darajadan oshib ketgan. Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha, okean yuzasi haroratining ko‘tarilishi global bo‘ronlar va muzliklarning erishi xavfini oshiradi.
So‘nggi uch yil ichida Tinch okeanidagi «La Ninya» ob-havo fenomeni suv yuzasi haroratini sovuq holda ushlab turgan edi. Ammo NOAA olimi, doktor Mayk MakFadden so‘zlariga ko‘ra, bu davr nihoyasiga yetdi.
«Okeandagi issiqlik miqdori ortib bormoqda va u tobora ekstremal ob-havo sharoitlarining yuzaga kelishi uchun xizmat qilmoqda», dedi olim.
Mavzuga oid

13:44 / 09.03.2025
10 mart kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, 18 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

10:23 / 08.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

14:27 / 02.03.2025
3 mart kuni aksariyat hududlarda qor yog‘ishi kutilyapti

11:04 / 01.03.2025