Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida zavodini auksionda arzon narxga olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 8 gektarli g‘isht zavodini auksiondan arzon narxlarda olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar yer maydonida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 ming dollar evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan
Turizm | 09:05
-
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi
Jahon | 08:40
-
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaning Mersin viloyatida ishga joylashtiriladi
Jamiyat | 08:20
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

13:20 / 23.07.2025
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

12:37 / 15.07.2025