Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Jamiyat 00:34 / 04.04.2023 115008

Sergeli-8 mavzesida ayol 3 nafar voyaga yetmagan bolasi bilan birga o‘zini 9-qavatdan tashlagan. Natijada ayol va uning besh, to‘rt va bir yoshli farzandlari voqea joyida vafot etgan. 

Voqea 2023 yil 3 aprel kuni soat taxminan 19 da Sergeli tumanining 8-mavzesida sodir bo‘lgan. 

Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 27 yoshli A.D. farzandlari, 2018 yilda tug‘ilgan  S.Y. 2019 yilda tug‘ilgan S.A. va 2022 yilda tug‘ilgan S.R.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan. Avval 5 yoshli farzandi S.Y. hamda 4 yoshli S.A.ni 9-qavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, so‘ng kichik farzandi S.R.ni olib, o‘zi bilan birga sakrab, o‘z joniga qasd qilgan.

Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: