Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ispaniya ta’lim dasturlari joriy etiladi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasida Ispaniya Ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligi hamda Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida o‘rta maxsus va oliy ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda xorij tomoni ispan tilini o‘qitishni O‘zbekiston maktablarida, xususan, birinchi galda iqtidorli o‘quvchilar tahsil olayotgan Prezident maktablarida ikki tilli bo‘limlar dasturi, chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi, Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Hozirgi kunda ushbu ta’lim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan.
Ispan tili dasturlari joriy qilingan maktablar boshqa ta’lim muassasalariga nisbatan mavqeyi yuqori bo‘lib, iqtidorli o‘quvchilarga milliy shahodatnoma bilan birga Ispaniya shahodatnomasi taqdim etiladi. Dasturda ishtirok etgan maktablar Ispaniya tili va madaniyati burchaklari va muzeylari bilan ta’minlanadi.
Ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 24-27 aprel kunlari O‘zbekistonga amaliy safar bilan kelayotgan Ispaniya delegatsiyasi dasturidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borish hamda Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Prezident maktablari faoliyati bilan tanishish o‘rin olgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

11:27 / 08.03.2025
Toshkentda xorijiy til bilish sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?

12:02 / 26.07.2024
Estoniyada ta’lim tizimi xodimlariga eston tilini bilish talabi yuklanadi

11:25 / 28.06.2024