Zelenskiy: Biz g‘alabamiz yaqinlashishiga tayyorlanyapmiz

Jahon 08:16 / 31.03.2023 10139

«To‘rt yuz kunlik keng ko‘lamli tajovuzdan himoyadamiz. Bu biz bosib o‘tgan ulkan yo‘l», - dedi davlat rahbari ukrainalik harbiylarga va ularni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildirib. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozirda g‘alabani yaqinlashtirish uchun «faol harakatlar» tayyorlamoqda. 

«Biz keyingi qadamlarimizni, faol harakatlarimizni tayyorlayapmiz. G‘alabamizga yaqinlashish yo‘lini tayyorlayapmiz», - dedi prezident.

Avvalroq Volodimir Zelenskiy Ukrainada Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgandi

«Biz uni shu yerda ko‘rishga tayyormiz. Men u bilan gaplashmoqchiman», dedi Ukraina prezidenti 29 mart kuni chop etilgan Associated Press agentligiga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Xitoy rahbari bilan bir yildan ortiq vaqt davomida aloqada bo‘lmagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina rahbari allaqachon Si Jinpingga taklifnoma yuborgan.
 
25 mart kuni Zelenskiy Yaponiyaning The Yomiuri Shimbun nashriga bergan intervyusida Xitoyning muzokara o‘tkazish bo‘yicha taklifini olmaganini aytdi. Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u avvalroq diplomatik kanallar orqali Xitoy rahbari bilan gaplashish istagini bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: