Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raiffeisen Bank Rossiyadagi biznesini sotishga qaror qildi
Regulyatorlarning bosimi haqidagi xabarlar ortidan Raiffeisen Bank Rossiya aktivlarini sotishini yoki ularni o‘z tarkibidan olib chiqishini bildirdi.

Foto: Reuters
Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) guruhi rossiyalik shu’basini sotishni yoki uni guruh tuzilmasidan olib tashlashni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya rahbari Yoxann Shtrobl 30 mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlar yig‘ilishida.
RBI ehtimoliy kelishuvning hech qanday parametrlarini taqdim etmadi, faqat u «mahalliy va xalqaro qonunlar va qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda» va «tegishli vakolatli organlar bilan maslahatlashgan holda» amalga oshishini bildirdi. «Rossiyada biznes yuritish uchun bozor sharoitlari juda qiyin. Rossiyada biznesni sotishni tartibga soluvchi mahalliy va xalqaro qonunlar va qoidalar doimiy ravishda o‘zgarib turadi», - deya ma’lum qildi RBI.
Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Shtroblning aniqlik kiritishicha, RBI rossiyalik biznesning potensial xaridorlari ro‘yxatini ikkita «yashovchan» da’vogargacha qisqartirgan va ular bilan yaqin haftalarda faol ishlaydi. 2022 yilda RBI'ning Rossiya bo‘limi 2,2 milliard yevro foyda ko‘rdi, bu butun guruh foydasining deyarli 60 foizini tashkil etdi, deb ta’kidlaydi FT.
RBI, shuningdek, Rossiyadagi biznes va «tadbirkorlik faoliyatini» qisqartirishda davom etishini xabar qildi, biroq hozirda bank litsenziyasi shartlariga rioya qilish uchun mamlakatda ba’zi bank bo‘linmalarini saqlab qolish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston | 15:49
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor
Jahon | 15:02
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:56
Mavzuga oid

14:41
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi

13:47
Pavel Durov Rossiyada Telegram ofisi ochilishini rad etdi

12:55
Putin Rossiyada xorijiy dasturiy ta’minotni qisqartirish yo‘lini topishni buyurdi

11:41