Putin Rossiyaning Tallin va Rigadagi elchilarini ishdan bo‘shatdi

Jahon 15:23 / 31.03.2023 8499

Prezident farmoni bilan Rossiyaning Estoniya va Latviyadagi elchilari o‘z lavozimlaridan ozod etildi. Rossiya estoniyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining Latviya va Estoniyadagi elchilarini ishdan bo‘shatdi. 31 mart, juma kuni tegishli buyruqlar huquqiy axborot internet portalida e’lon qilingan.

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Mixail Vanin Latviyadagi elchi, Vladimir Lipayev esa Estoniyada xuddi shunday lavozimdan ozod etildi.

Shu kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Estoniyaning Rossiyadagi vaqtinchalik ishlar ishonchli vakili Yan Vanamyolder idoraga chaqirilgani va unga 24 mart kuni sodir bo‘lgan voqea munosabati bilan «qattiq norozilik» bildirilgani haqida xabar berdi. 24 mart kuni Tallin Rossiya elchixonasining diplomatik xodimini persona non grata deb e’lon qilgandi. Bunga javoban Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xuddi shunday darajadagi diplomatni Estoniyaning Moskvadagi elchixonasidan Rossiya elchixonasi xodimining ketishi uchun belgilangan muddat ichida chiqarib yuboradi.

24 mart kuni Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi konsuli Aleksandr Savinovga 29 martgacha mamlakatni tark etishni buyurdi. Tallinga ko‘ra, u Estoniya xavfsizligi va konstitutsiyaviy tuzumiga putur yetkazishda faol ishtirok etgan, deb xabar beradi Estoniyaning ERR teleradiokompaniyasi. 

Yanvar oyida Moskva Rossiyaning Tallindagi elchixonasi xodimlarining ikki baravar qisqarishiga javoban Estoniya bilan diplomatik aloqalarni muvaqqat vakil darajasigacha tushirishini e’lon qilgan edi. Estoniya hukumati o‘z harakatlarini Estoniyaning Moskvadagi elchixonasi xodimlari soni bilan tenglikni ta’minlash niyatiga bog‘ladi. Shu bilan birga, Estoniya elchisiga Rossiyani, Rossiya elchisiga Estoniyani tark etishga buyruq berildi. 

Qo‘shni Boltiqbo‘yi respublikasi bilan birdamlik belgisi sifatida Latviya ham 24 fevraldan boshlab Rossiya bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirishi va Rossiya elchisi mamlakatni tark etishini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: