O‘zbekistonda yana sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekiston 11:41 / 31.03.2023 13934

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 2-4 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. 1-4 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududlarda chang-to‘zon bilan 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Quyidagi hududlarida sel-suv toshqini kuzatilishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: