Dam olish kunlari qisqa muddatli yomg‘ir, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin

O‘zbekiston 12:07 / 31.03.2023 15881

Yakshanba kuni mamlakat hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan siklon kirib kelishi, buning hisobiga nam havo massalari kuzatilishi kutilmoqda, deb xabar beradi "O‘zgidromet". 

O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Faqat sharqiy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, respublika shimolida va cho‘l hududlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

31 mart va 2 aprelda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 31 martda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +24...+27 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: