Xitoy Navoiy va Farg‘onada quyosh elektr stansiyalarini quradi

O‘zbekiston 12:46 / 30.03.2023 2599

O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasida energetika va savdo sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Huadian Xinjiang Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Xan Sun Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Imzolangan hujjatlar qatorida savdo, qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik memorandumlari hamda Toshkent viloyati va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlar bor. Bitimlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida birgalikda tegishli choralar ko‘rish masalalari o‘z ifodasini topgan.

Tadbir doirasida ishtirokchilarni har ikki hududning investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ikkala tomon ham taqdimotlar o‘tkazdi.

Ko‘proq yangiliklar: