Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jinping Xitoyni urushga tayyorlamoqda - OAV
U o‘z nutqida generallardan «jang qilishga jur’at etishni» so‘ragan.

Foto: AP Photo/Kin Cheung
Xitoy yetakchisi Si Jinping urushga tayyorlanayotganini aytdi. Xitoy parlamenti va uning oliy siyosiy maslahat organining mart oyida bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishida Si Jinping urushga tayyorlik mavzusiga to‘xtalib o‘tgan, bir holatda o‘z generallaridan «jang qilishga jur’at etishni» so‘ragan, deb yozdi Foreign Affairs.
Uning hukumati, shuningdek, Xitoyning mudofaa budjetini 7,2 foizga oshirganini e’lon qildi, bu qiymat so‘nggi o‘n yil ichida ikki baravar ko‘paydi.
Nashrning ta’kidlashicha, «Xitoyning urushga tayyorligini» tasdiqlovchi boshqa belgilar qatorida 1 mart kuni Kommunistik partiya jurnalida «Si Jinping boshchiligida armiya kuchayadi va g‘alaba sari olg‘a boradi» sarlavhali esse chop etilgan. Maqolada Xitoy qurolli kuchlarini xususiy kompaniyalar va fuqarolik institutlari hisobidan modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlarni jadallashtirish zarurligi aytilgan.
Bundan oldin ham, Xitoy rahbarlari ehtimoliy mojaroni rejalashtirgan bo‘lishi mumkinligiga ishoralar bor edi. Dekabr oyida Pekin Xalq Ozodlik Armiyasiga (XOQ) zaxira kuchlarini osonroq joylashtirish va urush holatida jangovar qismlarni to‘ldirish tizimini tashkillashtirish imkonini beruvchi yangi qonunni e’lon qildi. Tahlilchilarning qayd etishicha, bunday choralar Si Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi muvaffaqiyatsizliklaridan saboq olganini anglatadi.
Dekabr oyidan beri Xitoy hukumati butun mamlakat bo‘ylab, jumladan Pekin, Fujian, Xubey, Xunan, Ichki Mo‘g‘uliston, Shandun, Shanxay, Sichuan, Tibet va Uxanda ko‘plab milliy mudofaa safarbarlik ofislarini ochdi. Shu bilan birga, Tayvan bo‘g‘ozining narigi tomonida joylashgan Fujian provinsiyasidagi shaharlarda bomba boshpanalarini va kamida bitta «urush davridagi tez tibbiy yordam shifoxonasi»ni qurish yoki modernizatsiya qilish boshlandi, deb xabar berdi Xitoy davlat matbuoti.
Shuningdek, iste’foga chiqayotgan bosh vazir Li Ketsyan 2023 yilga mo‘ljallangan 1,55 trillion yuan (taxminan 224,8 milliard dollar) qiymatidagi harbiy budjetni e’lon qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘pdir. Li, shuningdek, «urushga tayyorgarlik»ni kuchaytirishga chaqirdi.
G‘arb ekspertlari uzoq vaqtdan beri Xitoy mudofaa xarajatlarini kamaytirib ko‘rsatayotganiga ishonishadi. Masalan, 2021 yilda Pekin mudofaa uchun 209 milliard dollar sarflaganini aytdi, ammo Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti haqiqiy ko‘rsatkichni 293,4 milliard dollar deb baholadi. Hatto Xitoyning rasmiy ko‘rsatkichi ham AQShning Tinch okeani shartnomasi bo‘yicha barcha ittifoqchilarining (Avstraliya, Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya va Tailand) harbiy xarajatlaridan oshib ketadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025