Samarqandda parrandachilik fabrikasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 2 kishi jarohat oldi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida parrandachilik fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Bugun, 30 mart kuni soat 10:40 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanining «Melixo‘ja» MFYda joylashgan parranda fabrikasida, dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xavo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida vafot etganlar yo‘q, 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» mas’ul xodimlari chiqishgan.
Hozirda voqea sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi

13:49 / 24.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda parrandachilik klasterini tashkil qilmoqchi

17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi

17:24 / 22.03.2025