Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident nukuslik fuqaro xonadonida iftorlik qildi
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi mahallalardan birida aholi bilan uchrashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Nukus shahridagi «Altin jag‘is» mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Qayd qilinishicha, bu yerda 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. O‘tgan yili bu yer «Obod mahalla» dasturiga kiritilib, keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari yangilandi. Mahalla binosi yangidan qurilib, uning atrofida bolalar maydonchalari, tibbiyot punkti, tadbirkorlikka ko‘maklashuvchi markaz, savdo shoxobchasi tashkil etildi.
Davlat rahbari mahalladagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.
– Mahallangiz obod bo‘lganini, odamlar yuzidagi rozilikni ko‘rib xursandman. Buni hamma joyda davom ettiramiz. Qoraqalpog‘iston mahallalarini obod qilish, suv, yo‘l, elektr ta’minotini yaxshilash, maktab, bog‘cha va tibbiyot punktlarini qurish va ta’mirlash uchun bu yil 1,5 trillion so‘m berayapmiz. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istondagi 452 ta mahallaning har biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 500 million so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. Muammoni mahallaning o‘zi ko‘tarsin, o‘ziga pul beraylik, o‘zi nazorat qilsin. Shunda sifat va manfaat bo‘ladi. Odamlar rozi bo‘ladi, – dedi prezident.
Xabarga ko‘ra, bu mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, yangi ish o‘rinlari yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Mahallaning yeri unumdor emas. Aholi asosan xizmat ko‘rsatish orqali daromad oladi. Mahallada maishiy xizmat shoxobchalari, tikuvchilik korxonalari, novvoyxona, mebelsozlik va texnik xizmat ustaxonalari bor. Kelgusida quyonchilik va baliqchilikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Mahalla bilan tanishish uzoq davom etdi. Davlat rahbari shu yerlik Quo‘anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev mahalla ahlining sumalak saylida ham ishtirok etdi.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

15:55
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

19:59 / 05.04.2025