Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimi 200 mln yevro evaziga modernizatsiya va rekonstruksiya qilinadi
Italiyaning etakchi kompaniyalari O‘zbekistonning gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda ishtirok etadi.

Foto: Hududgazta’minot
«Hududgazta’minot» AJ va Italiyaning yetakchi kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekiston gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish va ilg‘or xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bir qator bitim va shartnomalar imzolandi.
Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, «Hududgazta’minot» AJ tomonidan «Pietro Fiorentini S.p.A.» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish» loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha SACE (Italiya) davlat eksport-kredit agentligi tomonidan 200 million yevro miqdorida jalb qilinadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, «HGT Training» o‘quv markazi negizida gaz sohasi uchun ilg‘or Italiya tajribasi asosida yetuk muhandislarni tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Gaz jihozlari va qurilmalarini ishlab chiqaruvchi «Pietro Fiorentini S.p.A.» kompaniyasi zamonaviy gaz tartiblash punktlari (GTP), bosim rostlagichlar, fil’tr va boshqa komponentlarni, «Terranova S.R.L» kompaniyasi tomonidan esa gaz tartiblash punktlarini masofadan monitoring va nazorat qilishga imkon beruvchi telemetriya tizimi yetkazib beriladi.
«Pietro Fiorentini S.p.A.» 80 yildan ortiq tarixi davomida tabiiy gazni qazib chiqarish, tashish va foydalanish uchun yuqori sifatli texnologik uskunalarni yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro darajadagi kompaniya hisoblanadi.
«Terranova S.R.L» elektr energiyasi, gaz va suvni taqsimlash va sotish faoliyati uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarga keng qamrovli dasturiy yechimlarni taqdim etadi (intellektual hisobga olish va hisob-kitob qilish dasturlari, ishchi kuchini avtomatlashtirish, bek-ofis).
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

10:44 / 18.06.2025
2,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan zapravka aniqlandi

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

09:20 / 29.01.2025
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:00 / 27.01.2025