Kiberxavfsizlik markazi o‘zbekistonliklarni firibgarlarning yangi tuzog‘idan ogohlantirdi

O‘zbekiston 08:59 / 30.03.2023 8489

IIV Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Tesla” kompaniyasi nomidan foydalanib soxta xabar tarqatilayotgani haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, firibgarlar tomonidan tarqatilayotgan xabarlarda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi aholi TeslaX yangi loyihasi uchun 200 dollar pul tikib, uni 4 ming dollarga aylantirib olish mumkinligi ta’kidlanadi.

Kiberxavfsizlik markazi bunday mazmundagi xabarlar kelsa, ularga aslo ishonmaslik, bu xabarlar yolg‘on ekanligi haqida ogohlantirgan.

“Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma’lumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring. Tesla kompaniyasiga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun uning rasmiy sahifasi bilan tanishib borish tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq IIV Kiberxavfsizlik markazi Telegramʼdagi turli kanal va guruhlarda tarqalayotgan 5 daqiqada foizsiz 50 mln kredit olish taklifi firibgarlarning navbatdagi nayrangi ekanidan ogohlantirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: