Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet uchun asl ehtiyot qismlar ham endi “Uzum Market” marketpleysida

Foto: Uzum Market
«UzAutoMotors» kompaniyasi “Uzum Market” marketpleycining rasmiy hamkoriga aylandi – endi butun mamlakatdagi avtohavaskorlar ishlab chiqaruvchidan asl ehtiyot qismlarni onlayn ravishda, 1 kunda yetkazib beradigan qilib buyurtirishlari mumkin.
Platformada asl moylar, filtrlar, tormoz kolodkalari va ishlab chiqaruvchidan boshqa avtotovarlar taqdim qilingan. Chevrolet avtomobillari sohiblari rejali texxizmat uchun barcha kerakli ashyolarni qulay va tez xarid qila olishlari uchun UzAuto Motors kompaniyasi Uzum Market’dagi tovarlar nomlari sonini muntazam oshirib borishni rejalashtirgan.
Barcha kerakli narsalarni tanlab, buyurtmani ertasigayoq olish imkoniyatidan mamlakatimizdagi Uzum Market buyurtmalarni berish punktlarida hamda kurerlik yetkazib berishlar yordamida 29ta shahar aholisi foydalanishi mumkin. Keyingi yil oxiriga borib marketpleys o‘z faoliyati geografiyasini butun mamlakat bo‘ylab 63ta aholi punktigacha kengaytiradi – bu yanada ko‘proq avtohavaskorlar avtomobilga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur ashyolarni buyurtirishlari va tezda olishlari mumkinligini anglatadi.
— UzAuto Motors uchun marketpleys bilan hamkorlik qilish – bu avtohavaskorlar uchun avtomobildan foydalanishda qulaylik yaratishning qo‘shimcha imkoniyatidir, — deydi UzAuto Motors AJ tashqi va ichki bozorlarda ehtiyot qismlarni sotish bo‘yicha direktori Konstantin Bayshev. – Aminmizki, avtomobilga xizmat ko‘rsatish uchun sifati kafolatlangan avtotovarlar nafaqat mashinadan foydalanish muddatini uzaytiradi, balki xizmat ko‘rsatishga ketadigan vaqt va mablag‘larni ham sezilarli tejash imkonini beradi.
— UzAuto Motors avtotovarlarini Uzum Market’da sotib olishning eng asosiy afzalligi – bu ularning aslligi va sifatining kafolati, shuningdek ehtiyot qismlar bozori yoki do‘koniga borishga ketadigan vaqtning tejalishidir, — deya qayd etadi Uzum Market bosh direktorining o‘rinbosari Akmal Rahimov.
– Shu bilan birga, avto uchun tovarlardan tashqari, bizda barcha zaruratlarni – uy uchun tovarlardan boshlab liboslar, elektronika va maishiy kimyogacha xarid qilish mumkin. Yil oxiriga qadar, ham UzAuto Motors kabi yirik brendlarni, ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni jalb qilib, assortimentni 800 ming noyob tovar nomigacha kengaytirishni rejalashtirganmiz.
Bugungi kunda Uzum Market’da butun mamlakat bo‘ylab 2000dan ortiq tadbirkor va 250 mingdan ortiq noyob mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Reklama
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

17:00 / 11.07.2025
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda

11:00 / 07.05.2025
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market 69 000 dan ortiq o‘zbekistonlikni reabilitatsiya qilish vositalari bilan ta’minladi

10:09 / 19.03.2025
Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi

19:00 / 16.10.2024