Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIda 2035 yildan benzin va dizelda ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish taqiqlandi
2035 yildan boshlab Yevropa Ittifoqida ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillar ishlab chiqarilmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi - sintetik yonilg‘i quyish bundan mustasno. Bu qaror Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashi tomonidan qabul qilindi.

Foto: Shutterstock
2035 yildan boshlab Yevropa Ittifoqida benzin yoki dizel yonilg‘isi bilan to‘ldiriladigan yangi avtomobillarni ishlab chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmaydi. Tegishli taqiq 28 mart, seshanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashi tomonidan Germaniya bir necha haftalik maslahatlashuvlardan so‘ng ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lganidan so‘ng qabul qilindi.
Shu bilan birga, Berlin uglerodsiz sintetik yonilg‘i vositalari (e-fuel) uchun istisno bo‘lishini ta’kidladi: ichki yonuv dvigatellari (IYoD) bo‘lgan bunday transport vositalari keyin ham ro‘yxatga olinishi mumkin.
Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Frans Timmermans kelishuvni olqishlab, uni «emissiyasiz harakatlanish yo‘lidagi muhim qadam» deb atadi. Germaniya atrof-muhit vaziri Steffi Lemke, o‘z navbatida, bu harakat «avtomobil sanoatiga rejalashtirish uchun kerak bo‘lgan ishonchni beradi», dedi. Shu bilan birga, u sintetik yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillarga nisbatan elektromobillarning afzalligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

14:07
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi

08:34 / 11.07.2025
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi

18:26 / 10.07.2025
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde

18:52 / 06.07.2025