Merkel Germaniyaning oliy mukofoti bilan taqdirlanadi

Jahon 10:34 / 29.03.2023 3350

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer sobiq kansler Angela Merkelga Germaniyaning oliy mukofoti – «Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» maxsus toifasidagi Katta xoch ordenini topshirishni rejalashtirmoqda. Dastlab Stern jurnali tomonidan e’lon qilingan 17 aprelga belgilangan mukofot topshirish haqidagi ma’lumotni 28 mart, seshanba kuni federal prezident devoni vakili tasdiqladi.

Merkeldan oldin Germaniyaning oliy mukofoti bilan faqat sobiq kansler Konrad Adenauer (1954 yil) va Helmut Kol (1998 yil) taqdirlangan, deya ta’kidlaydi nashr, shu yo‘l bilan Shtaynmayyer Merkelni o‘tmishdoshlari bilan tenglashtirgan, bu uning Rossiyaga nisbatan siyosati tanqid qilinayotgani tufayli tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Merkelning turmush o‘rtog‘i Yoaxim Zauer va uning oilasining boshqa a’zolari, sobiq kansler idoralari rahbarlari - Tomas de Mezer, Ronald Pofalla, Piter Altmayer va Helge Braun, sobiq ta’lim vaziri Annet Shavan va Merkel hukumatidagi birinchi vitse-kansler Frans Myuntefering Belvyu saroyida bo‘lib o‘tadigan marosimga taklif etilganlar ro‘yxatiga kiritildi.

Merkel partiyasi - Xristian-demokratik ittifoqining amaldagi rahbariyati, shuningdek Xristian-sotsialistik ittifoq va 2009-2013 yillarda koalitsiyadagi konservatorlar bloki hamkori - Erkin demokratik partiya vakillari taklif qilinganlar orasida yo‘q. Ayni paytda, ro‘yxatga futbol bo‘yicha Germaniya milliy jamoasining sobiq murabbiyi Yurgen Klinsmann va bir qancha taniqli olimlar kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: