Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi
2023 yil 27 mart kuni Budapesht shahrida O‘zbekiston elchixonasi ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Foto: TIV axborot xizmati
Tadbirda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, shuningdek, keng jamoatchilik, siyosiy, ishbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari ishtirok etdi.
B.Saidov o‘z nutqida mamlakat ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Peter Siyyarto O‘zbekiston elchixonasining ochilishi ikki tinchliksevar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish sur’atining yorqin tasdig‘i ekanini, elchixona faoliyati o‘zaro hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni har jihatdan boyitishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Elchixona binosi Budapesht shahrining markaziy hududida joylashgan bo‘lib, u ko‘hna va zamonaviy arxitektura talablarini mujassam etgan.
Bungacha O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi bir vaqtning o‘zida Vengriyada ham elchi bo‘lgan.
Vengriya 2016 yilda Toshkentda elchixonasini ochgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

09:38 / 08.07.2025
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi

16:17 / 07.07.2025
Vengriyada avtobus ishtirokidagi YTHda 17 nafar ukrainalik bola jarohat oldi

16:10 / 07.07.2025
Vengriyada saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozmalar nusxasi Toshkentda namoyish etiladi

13:00 / 30.06.2025