Jahon | 08:54 / 28.03.2023
3045
1 daqiqa o‘qiladi

Vengriya parlamenti Finlandiyaning NATOga kirishini ma’qulladi

Vengriya parlamenti Finlandiyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi protokolni ko‘pchilik ovoz bilan ratifikatsiya qildi. 

Foto: AP

Shvetsiyaning qo‘shilishi bo‘yicha shunga o‘xshash protokol avvalroq parlamentda muhokama qilingan, biroq u bo‘yicha ovoz berish hali kun tartibiga kiritilmadi.

Avvalroq Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonunni imzoladi. 

1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarshi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnashmadi. 

2022 yil may oyida Shvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz kechish qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sabab bo‘ldi. 

Endi Finlandiyaning NATOga kirishi uchun alyansga a’zo bo‘lgan o‘nlab davlatlar ariza beruvchining arizasini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Mavzuga oid