Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi ofat zonasida o‘zbekistonliklar ko‘magida 100 ta konteyner-uy o‘rnatiladi
Turar-joy konteynerlari janubiy Hatay viloyati aholisiga topshiriladi.

Fevral oyida yuz bergan halokatli zilzilalardan keyin o‘zbekistonliklarning xayriya yordami doirasida Hatay viloyatining Antokiya viloyatida 100 ta turar-joy konteyneri o‘rnatiladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016 yilda tashkil etilgan Seyhun ta’lim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatilmoqda. Zilziladan keyingi dastlabki kunlardanoq uyushma o‘zbek xalqi ko‘magida tabiiy ofat hududida issiq ovqat tarqatishni ham tashkil qilgan edi.
Umumiy maydoni 21 kv.m. bo‘lgan konteyner ichida oshxona, hojatxona va hammom ham bo‘ladi. Konteynerlar issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o‘rnatish 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshiriladi.
Uyushma rahbari Tohir Abdulla so‘zlariga ko‘ra, uyushma zilziladan keyingi ikkinchi kundan boshlab, Elbiston viloyatida 17 kun davomida oziq-ovqat yordami ko‘rsatib, har kuni 1000 kishini oziq-ovqat bilan ta’minlagan.
«Keyinroq Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlarni boshqarish va oldini olish boshqarmasi (AFAD) ko‘rsatmasi bilan Antokiyaga yetib keldik. Ovakent hududida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari mavjud. Biz ularni o‘rnatmoqdamiz. Konteynerlarimizning o‘ziga xos jihati shundaki, ular murvat bilan mahkamlangan, ya’ni istak bo‘lsa yig‘ilib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan», dedi Abdulla.
Abdullaning aytishicha, Ovakent hududida konteyner o‘rnatish ishlari 15 kun ichida yakunlanadi. Bu hududda asosan 1980 yillarda ko‘chib kelgan o‘zbek diasporasi vakillari istiqomat qiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:55 / 09.07.2025