SSB boshliqlari murojaatlarni shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qiladi

O‘zbekiston 10:13 / 28.03.2023 12323

Fuqaro murojaatlari endi hududiy sog‘liqni saqlash boshqarma boshliqlarining shaxsiy telefon raqami orqali ham qabul qilinadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bundan avval sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning +998914031773 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi muammolar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu an’anani davom ettirgan holda hududiy sog‘liqni saqlash sohasi mas’ullari ham o‘z shaxsiy raqamlarini jamoatchilikka ochiqladi:

Murad Qurbanov  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri: +998994141003

Anvar Alimov  Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i: +998888090859

Azizbek Mirzajonov — Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998944431211

Asqar Bahronov — Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998914060013

Ozoda Mahmudova — Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998941651122

Bobur Teshayev — Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998991867072

Nurali Safoyev — Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari: +998935571103

Abdulhodi Iminov — Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998913594716

Davronbek Jumaniyozov — Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998915356665 (telegram), +998662349948

Komil Abdivohitov — Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998955011103

Xurshid Hakimov — Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998959809797

To‘raqul Arziqulov — Toshkent viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998998487400

Abduqayum To‘xtaqulov — Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998937316611

Inoyat Hajiyev — Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i: +998998952632.

«Hurmatli fuqarolar! Ushbu telefon raqamlari orqali o‘z hududingizda tibbiyotga oid muammo, masalalar va takliflar bo‘yicha soha mas’ullariga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat yo‘llashingiz mumkin. Mas’ullar ushbu raqamlarning doimiy ishlab turishi uchun shaxsan javobgardir!

Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini vazirlik qoshida kun-u tun faoliyat olib boruvchi «1003» qisqa raqamli Sall-markaz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi «1103» qisqa raqamli Sall-markaz’lar orqali ham yo‘llashlari mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: