Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Polsha kosmik tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik qiladi

Foto: Dunyo
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar (“O‘zbekkosmos”) agentligi va Polshaning Creotech Instrumens SA kompaniyasi vakillari o‘rtasida videomuloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Videomuloqot chog‘ida O‘zbekistonning Varshavadagi elchisi Bahrom Boboyev, “O‘zbekkosmos” agentligining departamenti direktori Ismoil Rasulov, Polsha tomonidan Creotech Instrumens SA kompaniyasi vitse-prezidenti Yatsek Kozek ishtirok etdi. Onlayn uchrashuvda Creotech Instrumens SA kompaniyasining taqdimoti doirasida kompaniyaning ish tajribasi hamda mavjud texnologiyalari va ishlab chiqilgan loyihalari ko‘rib chiqildi.
“O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan ham taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston kosmik sohasining kun tartibi, kosmik infratuzilmani rivojlantirish doirasidagi milliy ehtiyojlar, ishlab chiqilgan hamda rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama muzokaralarni davom ettirish maqsadida joriy yil 25 - 27 aprel kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Koinot texnologiyalari konferensiyasida ishtirok etish uchun Creotech Instrumens SA kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish hamda tegishli hamkorlik memorandumi va “Yo‘l xaritasi”ni imzolash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Creotech Instrumens SA – Polshada sun’iy yo‘ldosh tizimlari va komponentlari ishlab chiqaruvchi, kvant kompyuterlarini boshqarish tizimlari uchun ilg‘or elektronika, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish tizimlari uchun qurilmalar va dasturiy ta’minotlarni yetkazib beradigan yetakchi kompaniya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

15:10 / 07.07.2025
Polsha Germaniya bilan chegarada chegara nazoratini joriy qildi

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

15:39 / 02.07.2025