Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hi-tech bank” bankrot deb topildi
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan “Hi-tech bank” bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.

Foto: Hi-tech bank
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 17 martdagi qarori bilan “Hi-tech bank” bankrot deb topildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
“2023 yil 17 martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan “Hi-tech bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini tugatish komissiyasi vakolati tugatilgani hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangani ma’lum qilinadi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning oktabr oyida Markaziy bankning tegishli qarori bilan “Turkistonbank” va “Hi-tech bank”dan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar olib qo‘yilgandi va banklarni tugatish komissiyasi tarkibi tayinlangandi. Ikkala bank tomonidan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 54- va 77-moddalarida belgilangan qoidabuzarliklar sodir etilgani bunga sabab sifatida keltirilgan.
Lisenziyalari bekor qilingach “Turkistonbank”ning 368 mlrd so‘m atrofida, “Hi-tech bank”ning esa taxminan 5 mlrd so‘m aholidan qarzdorligi davlat hisobidan qaytarilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
-
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18
-
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi
Jahon | 15:16
-
Respublikada moyli ekinlarni yetishtirish rivojlantiriladi
Iqtisodiyot | 15:09
Mavzuga oid

13:02 / 12.07.2025
Toshkentda sotilgan mashinalarni fuqarolar nomiga o‘tkazmay, MChJni bankrotlikka olib kelganlar ushlandi

08:42 / 23.07.2024
Toshkentda MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

09:20 / 29.06.2024
Toshkentda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

11:42 / 07.06.2024