Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamza Yusuf Shotlandiyaning birinchi musulmon rahbari bo‘ladi
Yusuf Shotlandiyaning Angliya bilan 300 yillik ittifoqiga barham berish asosiy maqsadi bo‘lgan partiyani boshqaradi.

Foto: Reuters
Shotlandiya millatchilari partiyasi (ShMP) 27 mart kuni Hamza Yusufni partiyaning navbatdagi rahbari etib tanladilar. 37 yoshli musulmon hukmron ShMP yetakchisi sifatida Nikola Styorjyen o‘rnini egallaydi va yarim avtonom hukumat rahbari bo‘ladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Yusuf Shotlandiyaning Angliya bilan 300 yillik ittifoqiga barham berish asosiy maqsadi bo‘lgan partiyani boshqaradi.
Yusuf birinchi turda ShMP a’zolarining 24 336 ovozini to‘pladi, uning asosiy raqibi, Shotlandiya moliya vaziri Keyt Forbs 20 559 ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Esh Rigan 5599 ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.
Endi Yusuf mamlakat parlamentida ovoz berish jarayonida g‘alaba qozonsa, chorshanba kuni Shotlandiya rahbari sifatida qasamyod qiladi.
Yusuf — Shotlandiya mustaqilligi tarafdori. Uning otasi pokistonlik, onasi esa keniyalik, o‘zi Glazgoda tug‘ilgan.
Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiyani o‘z ichiga olgan Birlashgan Qirollikning 68 millionlik umumiy aholisidan taxminan 5,5 millionini shotlandlar tashkil qiladi. Mamlakat 1999 yildan boshlab o‘z parlamenti va hukumatiga ega.
Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha birinchi referendum 2014 yilda o‘tkazildi. Unda mintaqada yashovchi fuqarolardan «Mamlakat mustaqil bo‘lishi kerakmi?» degan savolga javob berish so‘ralgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ovoz berganlarning 55,3 foizi ajralib chiqishga qarshi bo‘ldi, 44,7 foizi esa mustaqillikni yoqladi.
2022 yil noyabr oyida Buyuk Britaniya Oliy sudi Britaniya parlamenti roziligisiz Shotlandiya ikkinchi marta mustaqillik referendumini o‘tkaza olmasligi haqida qaror chiqardi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
-
Oziq-ovqatdagi me’yor: ortiqcha yeb qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
Jamiyat | 20:52
-
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi
O‘zbekiston | 20:48
Mavzuga oid

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:08 / 10.07.2025
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi

14:14 / 10.07.2025
O‘zbekiston-Britaniya yuridik assotsiatsiyasi tashkil etildi

11:53 / 10.07.2025