Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollarga AI texnologiyasini o‘rgatish bo‘yicha bepul dastur ishga tushiriladi
Google Cloud Saudiya Arabistoni bilan birgalikda ayollarga sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha bepul “Elevate” ta’lim dasturini ishga tushiradi.
Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi – STEM sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi faoliyatini kengaytirishdan iborat. Trening ingliz tilida, aralash formatda, Google Cloud jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Treningda STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori bo‘lgan ayollar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.
Trening ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1. Texnik kompetensiyalar – dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud arxitekturasi, ma’lumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Processing).
2. Biznes kompetensiyalari – barcha uchun umumiy yo‘nalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).
Arizalar 2023 yil 31 martgacha qabul qilinadi.
Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:
https://globalaisummit.org/Elevate#
“Elevate” – bu Google Cloud va Saudiya Arabistoni qirolligi Data and AI Authority (SDAIA) tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan sun’iy intellekt va machine learning texnologiyalari bo‘yicha ayollarni o‘qitish uchun bepul ta’lim dasturi. Dastur ish o‘rinlari sonini oshiradi hamda fan, texnologiya va dasturlash (STEM – Science, Technology, Engineering, Mathematics), ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda gender tafovutini kamaytiradi. Kelgusi 5 yil ichida tashabbus doirasida 25 ming nafargacha xotin-qizlarning jalb etilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi
Jahon | 18:28
-
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
Jahon | 18:26
-
Rustam Ashurmatov Eron chempionatiga o‘tdi
Sport | 18:24
Mavzuga oid

18:22
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025