1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdori oshiriladi

O‘zbekiston 19:28 / 28.03.2023 62293

Prezident farmoni bilan 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirilmoqda.

Bunda:
– pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;
– yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 so‘m;
– ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 747 000 so‘m qilib belgilanadi.

1 maydan mehnatga haq to‘lash miqdori 7 foizga oshiriladi.

Bunda:
– mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m (bungacha 920 ming so‘m edi);
– bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m (bungacha 300 ming so‘m edi) qilib belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: