«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

O‘zbekiston 11:11 / 27.03.2023 17976

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududining katta qismda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Chorshanba kuni hududning katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu haftada havo harorati kechalari +9...+14 daraja, kunduz kunlari 27-28 martda +22...+27 daraja, 29-31 martda +20...+25 daraja atrofida bo‘ladi.

27-28 martda shimolda va cho‘l hududlarda, 29 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 28-31 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 27-28 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29-30 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol asosan kuchsiz esadi, faqat 29 martda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-28 martda kechasi +9...+11 daraja, kunduzi +24...+26 daraja, 29-30 martda kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: