O‘zbekiston | 11:12 / 27.03.2023
2845
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Shvetsiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonning Shvetsiya Qirolligidagi Muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Uppsala va Syodertyorn universitetlari professori, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha mutaxassis Mark Bassin bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Muzokaralar davomida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Shvetsiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro aloqalarni davom ettirish hamda Mark Bassinning O‘zbekistonga amaliy safarini va uning doirasida respublika oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olindi.

Mavzuga oid