Neshvilldagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 6 kishi halok bo‘ldi 

Jahon 23:36 / 27.03.2023 11086

AQSh Tennessi shtatining Neshvill shahrida xususiy boshlang‘ich xristian maktabiga qurolli hujum uyushtirildi. Oqibatda kamida uch bola va uch katta inson halok bo‘ldi. Bu haqda Fox News xabar berdi. 

Shahar politsiya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda qurol ishlatilgani va otishma sodir etganlikda gumon qilingan shaxs o‘ldirilganini ma’lum qildi. CNN nashrining ta’kidlashicha, bu o‘smir qiz bo‘lib, unda kamida ikkita miltiq va bitta to‘pponcha bo‘lgan. U maktab binosi ichida politsiya tomonidan otib tashlangan. 

Shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi 200 ga yaqin bola ta’lim oladigan maktabda ko‘plab jarohatlanganlar borligini ma’lum qilmoqda. 

Maktabga uyushtirilgan hujum sabablari ma’lum emas. 

Ko‘proq yangiliklar: