Isroil bosh vaziri Netanyaxu mudofaa vazirini ishdan bo‘shatdi

Jahon 08:05 / 27.03.2023 9039

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda hukumat rahbari devoni saytida 26 mart, yakshanba kuni kechqurun xabar paydo bo‘ldi.

Ishdan bo‘shatish Galant Netanyaxu hukumati tomonidan ilgari surilayotgan sud islohotini ochiq tanqid qilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘ldi. Qonunchilik tashabbusi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi, bu namoyishlar bir necha oydan beri davom etmoqda.

25 mart kuni Galant mamlakat hukumatini milliy xavfsizlikni saqlash maqsadida sud-huquq islohotlarini to‘xtatishga chaqirdi. «Mamlakat ichidagi bo‘linish Isroil mudofaa kuchlari va mudofaa tuzilmalariga chuqur kirib borgan, bu Isroil xavfsizligiga aniq va jiddiy tahdid. Men bunga yo‘l qo‘ymayman», dedi o‘sha paytdagi mudofaa vaziri. The Jerusalem Post nashrining yozishicha, shundan so‘ng Netanyaxu Galantni chaqirgan va shaxsan unga «ishonch yo‘qolgani haqida» aytgan.

Bosh vazir o‘zining «Likud» partiyasidagi ayrim tarafdorlari, shuningdek, Isroil hukumatining sobiq rahbari, muxolifat yetakchisi Yair Lapid tomonidan tanqid qilindi. U «milliy xavfsizlik siyosiy o‘yinda karta bo‘la olmaydi» va Netanyaxu o‘z qarori bilan «qizil chiziqni kesib o‘tdi», deya ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: