5 davlat XOQni Rossiya sportchilarini olimpiadaga kiritmaslikka chaqirdi

Sport 17:32 / 27.03.2023 22632

Beshta davlat Tashqi ishlar vazirliklari XOQ Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi boshlanishi oldidan qo‘shma bayonot chiqarib, tashkilot avvalgi pozitsiyasidan qaytganidan afsusda ekanini bildirdi. 

«Sportchilarning roli ularning fuqaroligi bilan emas, balki Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushini davom ettirayotgan Kreml rejimini qo‘llab-quvvatlovchi hokimiyat va kompaniyalar tomonidan homiylik hamda qo‘llab-quvvatlanishi yoki hatto Rossiya armiyasi bilan bevosita bog‘liqligi orqali belgilanadi», deyiladi bayonotda. 

Beshta davlat «Rossiya harbiylari har kuni Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, sport inshootlariga hujum qilishda va ukrainaliklarni, shu jumladan ukrainalik sportchilarni o‘ldirishda davom etayotganini eslatdi. Millionlab Ukraina fuqarolari, jumladan, sportchilar va ularning oilalari uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ukrainalik ko‘plab sportchilar Rossiyaning o‘z mamlakatlariga hujumi tufayli hali ham sport musobaqalarida qatnasha olmayapti», deya ta’kidlanadi Tashqi ishlar vazirliklari bayonotida.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 23 mart kuni Essen shahrida so‘zlagan nutqida rossiyalik va belaruslik sportchilarning musobaqalarga kirishi uchun sharoit yaratish tarafdori ekanini aytgandi. XOQ rahbarining so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar va belarusliklarning faqat fuqaroligi bo‘yicha chetlatilishi «diskriminatsiya» bo‘ladi, Olimpiya o‘yinlari esa «qisqa vaqtda muloqotga hissa qo‘shishi mumkin».

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshida XOQ Rossiya va Belarusni musobaqadan chetlashtirishni tavsiya qilgan bo‘lsa, endi Tomas Bax boshchiligidagi tashkilot 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari arafasida neytral bayroq ostida sportchilarni qabul qilishni yoqlamoqda.

Bax «sportga siyosiy ta’sir ko‘rsatish» va ruslarga «go‘yo ular jamoaviy aybdordek» munosabatda bo‘lish haqidagi har qanday taklifga qarshi ekanligini aytdi. Avvalroq XOQ yakuniy qarorni sport federatsiyalariga qoldirgan holda, «urushni faol qo‘llab-quvvatlovchi» sportchilarga ruxsat berishni istamasligini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: