Ukrainalik harbiylar Baxmut va Kreminnada hujumlarni qaytarmoqda. Urush suratlari

Jahon 14:59 / 26.03.2023 17491

Ukrainada urushning 395-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 1 iyul kuni Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlaydi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin VGTRK uchun intervyusida ma’lum qildi.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilishicha, ukrain harbiylarining «titanlarcha sa’y-harakatlari» evaziga Baxmut yo‘nalishida vaziyatni «barqarorlashtirishga erishilgan».
  • Ukraina hozircha qurollar va o‘q-dorilar yetishmovchiligi tufayli kutilayotgan qarshi hujumni boshlay olmaydi, bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.
  • BMT missiyasi ma’lum qilishicha, Rossiya ham, Ukraina ham harbiy asirlar o‘ldirilishiga aloqador hisoblanadi. Ukraina TIV tashkilot hisobotiga munosabat bildirib, «tajovuz qurboni zimmasiga mas’uliyat yuklashni qabul qilib bo‘lmasligi»ni ma’lum qildi.
  • Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sudning RFda faoliyatini to‘xtatishni taklif etdi.
  • Avstriyadagilar agar Putin mamlakatga kelsa, uni qo‘lga olib, Xalqaro jinoiy sudga topshirishga va’da berishdi.
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHK tomonidan yollangan besh ming mahbus Ukrainadagi urushdan qaytganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular afv etilgan.
  • TASS va «Moskva» agentliklariga ko‘ra, RF tergov qo‘mitasi iqtisodchi Konstantin Soninga qarshi Rossiya armiyasi to‘g‘risidagi «feyk» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Kun kadri

Donetsk oblastining Bogorodichnoye qishlog‘ida yashovchi 56 yoshli Yuriy Ponurenko insonparvarlik yordamini olib uyiga qaytmoqda. So‘nggi oylarda ushbu qishloqda hayot jonlana boshlagan. 2022 yil iyunida Bogorodichnoye hududida shiddatli janglar kechgan, avgust oyida ham qishloq Rossiya kuchlari nazoratida edi, ammo sentabrga kelib uni Ukraina qurolli kuchlari ozod etdi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut atrofida Ukraina armiyasi zenitchilari pozitsiyasi: Rossiya kuchlari yurishining yettinchi oyiga kelib Ukraina armiyasi frontning eng murakkab uchastkasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishdi

Yarim yildan oshiq vaqt davomida Rossiya kuchlari (asosan «Vagner» otryadlari) tomonidan qamal qilinayotgan Baxmut shahri frontning eng qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Fotoda — Baxmut atrofidagi pozitsiyada maskirovka qilingan zenit qurilmasi fonida turgan ukrainalik harbiy xizmatchilar.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Rossiya kuchlari tomonidan to‘xtovsiz shturmlarga qaramay, Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini saqlab turibdi. Qolaversa , 25 mart kuni Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilishicha, harbiylarning «titanlarcha harakatlari» evaziga Baxmut yo‘nalishidagi vaziyatni «barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lingan».
Roman Chop / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi zenit bo‘linmalari mobil taktikadan foydalanadi: harbiylardan birining aytib berishicha, ular hech qachon bir joyda uzoq vaqt qolmaydi (kun davomida joyini bir necha marta o‘zgartiradi) va hamisha o‘z pozitsiyalarini qunt bilan maskirovka qiladi. 
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlari armiya aviatsiyasining Donbass shimolidagi faoliyati: jangovar vertolyotlar front chizig‘ida xavfli missiyalarni ado etishmoqda 

Frontda armiya aviatsiyasi ishi eng xavfli sohalardan biri bo‘lib qolmoqda. G‘arb axborot agentliklari fotograflari 18-alohida brigadaning Igor Sikorskiy nomidagi armiya aviatsiyasining bir kunini kuzatishga muvaffaq bo‘ldi — bu bo‘linma bugungi kunda Donbass shimolida jang qilib kelmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Fotoda — 18-brigada harbiy xizmatchisi vertolyot bo‘linmasi uchun snaryad tashimoqda
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
18-brigadaning jangovar vertolyotlaridan birini front chizig‘i tomon parvozga tayyorlash jarayoni
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari 18-brigadasi 2015 yilda ta’sis etilgan va shu vaqtga qadar Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarda faol ishtirok etib keladi. Bo‘linma ixtiyorida Mi-24, Mi-8 va Mi-2 vertolyotlari mavjud.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Fotoda — Ukraina armiyasi 18-brigadasi piloti front chizig‘ida harbiy missiyani bajarib qaytgan texnikani tekshirmoqda.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari 18-brigadasi ixtiyoridagi vertolyotlardan birining ichkaridan ko‘rinishi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik vertolyotchilar Rossiya bilan keng ko‘lamli urush davomida ko‘p marta tavakkalchilikka asoslangan missiyalarga borishiga to‘g‘ri kelgan. Masalan, 2023 yil martida Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi shiddatli janglar vaqtida qurshovdagi Mariupolga amalga oshirilgan unikal parvozlar haqida hikoya qilgandi. Razvedkaga ko‘ra, bu missiyalar tufayli Ukraina tomoni «Azovstal» zavodi mudofaasida qatnashgan 60 dan ortiq yarador harbiy evakuatsiya qilingan.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Kreminna uchun qaqshatqich janglar: Ukraina qurolli kuchlari Rossiya kuchlari hujumlarini qaytarmoqda

Frontda keskinlik saqlanib turgan uchastka Luhansk oblastining Kreminna shahri atrofi bo‘lib turibdi. Fotoda — rossiyaliklar pozitsiyasiga fransuzlarning TRF1 gaubitsasidan o‘t ochayotgan ukrain harbiysi. Fransiya ushbu artilleriya qurollarini Ukrainaga 2022 yil oxirida yuborgandi.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Buyuk Britaniya razvedkasining 23 mart kungi hisobotida xabar qilinishicha, oy boshidan buyon Rossiya qo‘shini Kreminna atrofida bosimni kuchaytirgan va avvalroq Ukraina qurolli kuchlari ozod etgan hududlarning bir qismi ustidan nazoratni qaytarib olgan — ayrim uchastkalarda bir necha kilometrga ilgari yurilgan. Fotoda — Kreminnada raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uy yaqinida turgan ukrainalik harbiy xizmatchi.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Fotoda — Ukraina qurolli kuchlari 45-alohida desant-shturm brigadasi jangchilari Kreminna atrofidagi front chizig‘idagi boshpanada.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: