“Yangilanayotgan konstitutsiyaning 48-moddasi ko‘pchilik sportchilar qatori meni ham xursand qildi. Bu moddada davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qo‘yildi. Yaqinda Dubay shahrida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etaman. Mazkur musobaqada ham g‘olib bo‘lib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytaman hamda 30 aprel kuni referendumda qatnashaman. O‘zimning kelajagimga befarq emasman”, — deya ta’kidladi Aziz Tojiyev.
Targ‘ibot tadbirida iste’fodagi harbiy Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti kursanti Jamshid Xidirov, iste’fodagi polkovnik Abubakir Navro‘zov, 2000 yil Sariosiyo voqealarida vafot etgan harbiy xizmatchi Nariman Abkelyamovning turmush o‘rtog‘i, kichik serjant Luiza Abkelyamova ham harbiy xizmatchilarga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.
Targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.