Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangilanayotgan Konstitutsiya: “Endi bolalar mehnati taqiqlanadi. Paxta, supurgi, ketmon bolalarniki emas”
Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 44-moddasida majburiy mehnat, bolalarning barkamol rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan har qanday bolalar mehnati taqiqlanishi belgilab qo‘yilyapti. Ushbu muhim o‘zgarish aynan majburiy mehnat, xususan, bolalar majburiy mehnatiga to‘liq barham berilishi bilan bog‘liq.
44-moddaga ko‘ra, sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan to‘laqonli rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.
Majburiy mehnatga konstitutsiya darajasida chek qo‘yilishi avvalo o‘quv muassasalaridagi ta’lim sifati yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Chunki, mavsumiy dala ishlari erta bahorda paxtani yagona qilishdan kuzda uni terib olishgacha davom etar, bu davrda ijtimoiy soha vakillari, asosan o‘qituvchilar daladan beri kelmasdi. Talabalar va yuqori sinf o‘quvchilarining majburiy mehnatga jalb qilinishi oddiy holga aylangandi. Hatto boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham paxta terimiga olib chiqilgan. Mavsum paytida o‘tilmagan darslar esa o‘zlashtirilmay qolib ketavergan.
Majburiy mehnatning konstitutsiya darajasida taqiqlanishi iqtisodiyot va ijtimoiy soha rivojlanishiga, odamlarning hayot sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda

18:14 / 11.12.2024
Konstitutsiyaviy sud prokurorlarning ikkita vakolatini bekor qilishga chaqirdi

15:38 / 10.04.2023
“San’atkor uchun “zapret” degan mudhish tushuncha bor edi” - Ozoda Nursaidova

13:04 / 10.04.2023