O‘zbekiston | 16:10 / 25.03.2023
15169
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 24 ming dollar evaziga Kanadaga yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB tezkor xodimlari hamkorligida navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Qayd etilishicha, uning davomida, 1974 yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, hozirda Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Sh. o‘ziga yaqin shaxs bilan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan holda u va qarindoshini Kanadaga yuborishni va’da qilgan.

Ma’lum qilinishicha, u ushbu «xizmatlari» evaziga har bir fuqaro uchun 12 ming AQSh dollaridan, jami 24 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

J.Sh. ushbu so‘ralgan puldan 4 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan oldin Samarqandda 50 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

Mavzuga oid