Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtning madaniyat boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Talon-toroj qilingan mablag‘ 8 mlrd so‘m atrofida. Bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Foto: Ramiz Baxtiyarov
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilik talablari buzilib, tender tanlovlari o‘tkazilmasdan, festival tadbirlarini o‘tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan.
Ushbu festivallar amalda 2022 yilning may-sentabr oylarida o‘tkazib bo‘lingan. Ammo qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o‘tkazish haqida nomigagina e’lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.
O‘tkazilgan tekshirish jarayonida amalda bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Kun.uz oldinroq ushbu mavzuda surishtiruv e’lon qilgandi. Unda aytilgandiki, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi “Tashkent Opera Fest”, “Tashkent Food Fest”, “Tashkent Flower Fest”, “Tashkent Art Week”, “Tashkent Music Fest”, “Tashkent Dance Fest” hamda “MuzzDay Fest” festivallari uchun 18,2 mlrd so‘m sarflagan. Qator shartnomalar tendersiz tuzilgan. Qo‘shimcha ravishda o‘tkazilgan tenderlar festivallar o‘tib bo‘lganidan bir necha oy keyin tashkil etilgan va ularda ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani olgan firmalar g‘olib deb topilgan.
Festivallar asosan 4 ta – “Profi Event”, “Media Globe”, “Modern Celebration” va “Perfect Organizer” firmalariga bo‘lib berilgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi

15:44 / 14.05.2025