Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish tartibi o‘zgaradi 

O‘zbekiston 23:19 / 25.03.2023 14239

Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda Ta’lim nazorati telegram-kanali xabar berdi.

15 apreldan boshlab, o‘quvchilarning choraklik va yillik baholarini o‘zgartirish uchun hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga rasmiy xat bilan murojaat qilish shart bo‘ladi. Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov barcha boshqarmalarga xat yuborgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘zgarishlar nima uchun kiritilayotganiga hozircha izoh bermadi.

Kundalik.com raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, o‘qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o‘quvchilar davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalik elektron shakllarida yuritish imkonini beradi.

Kundalik.com tizimi orqali ota-onalar onlayn tarzda farzandlari darsga qatnashayotgani, darsni qay darajada o‘zlashtirib borayotgani, uy vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: