Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga shunchalik singib ketganki, hatto sumalak pishirish oldidan bir mahallada yashovchi odamlar yoki qarindosh-urug‘lar yig‘ilib tayyorgarlik ko‘rishadi. Umuman olganda bu jarayon juda ham qiziqarli.
Bugun "Oshqoshiq" jamoasi YouTube sahifasidagi yangi sonida bahor faslida tayyorlanadigan SUMALAK taomi haqida ma’lumot beradi.