Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrippina Shin Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi
Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.

Foto: Kun.uz
Agrippina Shin 1958 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1980 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi sifatida boshlagan.
1987-1993 yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, 1993-2001 yillarda Toshkent shahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining o‘quv-ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan.
2001-2017 yillarda Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, 2017-2022 yillarda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri sifatida ishlagan.
Agrippina Shin 2022 yilda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, yanvar oyida prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirilgandi.
Unga ko‘ra, Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
- Temur Komilov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Uzoq Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06
-
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi
Fan-texnika | 17:31
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
Mavzuga oid

21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi

18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi

20:40 / 09.07.2024
Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi

07:43 / 02.07.2024