O‘zbekiston | 07:29 / 21.03.2023
7088
1 daqiqa o‘qiladi

FlyArystan aviakompaniyasi Olmaotadan Samarqandga parvozlarni qayta tikladi

Uzoq tanaffusdan so‘ng Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi yana Olmaota va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.

Foto: Uzbekistan Airpors

18 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:34 da bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

FlyArystan Qozog‘istonning arzon aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.

Mavzuga oid