Foto: Putin urush boshlanganidan buyon ilk marta Qrimga bordi

Jahon 21:24 / 18.03.2023 30908

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2014 yilda annexia qilingan Qrimga bordi. Bu haqda Kreml axborot xizmati xabar bermoqda.

Putin Sevastopoldagi «Xersones Tavricheskiy» tarixiy-arxeologik parkka bordi. Qisqa muddatli ekskursiyada Putinga Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev hamda yana bir ruhoniy hamrohlik qilgan.

Putinga hududdagi «Artek»ning filiali bo‘lmish «Korsun» bolalar markazini ham ko‘rsatishdi. Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayevning aytishicha, Putinning tashrifi rejalashtirilmagan va u «ajablantirishni biladigan» odam. Rossiya prezidenti ekskursiya tugagach, mashina ruliga o‘zi o‘tirib uni haydab ketdi.

Putin Qrimga oxirgi marta uch yil avval borgandi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan buyon Putin biror marta yarimorolga bormagandi. Ma’lumot uchun, Ukrainaga tegishli Qrim avtonomiyasi 2014 yilda Rossiya tomonidan annexia qilingan.

Putin Rossiya bosib olgan Mariupolga ham borgan. U mashinada shahar aylangan. Putin shaharga vertolyotda borgani aytilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: