Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Haaga sudiga ekstraditsiya qilinmaguncha Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinmaydi – OAV
Rossiya allaqachon sud qarori tan olinmasligini va Putin xalqaro sudga ekstraditsiya qilinmasligini bildirgan.

Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova Niderlandiyaning Haaga shahrida joylashgan Xalqaro jinoyat sudiga (XJS) ekstraditsiya qilinmaguncha xalqaro sanksiyalar bekor qilinmaydi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti qoshidagi Global jinoiy adliya idorasini boshqargan sobiq elchi Stiven Repp The New York Times nashriga bergan sharhida aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, XJS qarori Putinni «quvg‘indiga» aylantiradi.
«Putin qayerga bormasin, unga doimo hibs xavf soladi. Bu hech qachon yo‘qolmaydi», dedi Repp.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sud qarorlarini bajarmasdan turib, xalqaro sanksiyalarni olib tashlanishiga erisha olmaydi.
Reppning ta’kidlashicha, Putin oxir oqibatda xuddi boshqa harbiy jinoyatchilar kabi Haagaga keladi. «Aks holda, Putin ushbu order boshi uzra osilgan holda o‘ladi», dedi u.
Bir kun avval Xalqaro jinoyat sudi Putin va ombudsman Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Ular ukrainalik bolalarni majburan deportatsiya qilishda ayblanmoqda.
Rossiya allaqachon qaror tan olinmasligini va Putin xalqaro sudga ekstraditsiya qilinmasligini bildirgan. Moskva haqiqatan ham Rim statutini ratifikatsiya qilmagan.
XJS bosh prokurori Karim Xon sud qarorini «tarixiy» deb atadi, chunki birinchi marta BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo davlat prezidenti jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Biroq, ekspertlar yaqin kelajakda Putinni javobgarlikka tortishda sezilarli natijalarni kutmaslik kerak degan fikrda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025