O‘zbekiston fuqarosi Tojikistonda dahshatli YTH sodir qildi

O‘zbekiston 18:11 / 18.03.2023 44128

18 mart kuni soat taxminan 1:00 da Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida YTH sodir bo‘ldi, oqibatda haydovchi – O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi.

Ichki ishlar vazirligining Dushanbe shahar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Mersedes-Bens» rusumli avtomashina haydovchisi (davlat raqami 002KK03), 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Isroilov Asadbek Ismoilo‘g‘li katta tezlikda «Zafar» mahallasidan Ismoil Somoniy xiyoboni tomon harakatlangan.

«N.Mahsum ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotganida yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib, temir panjaraga borib urilgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Poytaxt Ichki ishlar vazirligining qayd etishicha, tezlik shunchalik yuqori bo‘lganki, zarbadan avtomobil ikki qismga bo‘lingan, keyin esa orqa qismi yonib ketgan.

«Haydovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi», deyiladi IIV xabarida.

Hodisa bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.

Ko‘proq yangiliklar: