Interpol orqali qidiruvda bo‘lgan ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

O‘zbekiston 07:45 / 18.03.2023 8087

Ikki davlat Interpol MMB rahbarlarining qidiruvni faollashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayolning deportatsiyasi amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tuzgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va’da qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasporti olib qo‘yilgan va fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natilgan.

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMB o‘rtasida o‘tkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so‘ng O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: