DXX Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqladi

O‘zbekiston 10:17 / 18.03.2023 22558

DXX xabariga ko‘ra, Samarqand shahrida yashovchi shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, 30 ming AQSh dollari evaziga tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi shaxs Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga qirib, tanishlari yordamida uni Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 21 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 10 ming AQSh dollari va 100 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent shahrida qayd etilgan holatda, nufuzli universitetlardan birining talabasi yuqori tashkilotda ishlovchi tanishlari orqali Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqaroni Amerikaga yuborish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Har uchala holatda fuqarolarga “O‘zbekiston – Turkiya – Yevropa – Meksika – AQSh” yo‘nalishida Qo‘shma Shtatlarga ishlash uchun yuborish va’da qilingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: