Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avdiyivkada o‘qlardan yashirinayotgan askar va Baxmutdagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 387-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U va RF bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova Ukrainadan bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.
- Sanksiyalar ostida bo‘lgan Sberbank 2022 yilda rekord miqdorda divident to‘lagani haqida e’lon qildi.
- Qora dengiz ustida amerikaliklar droni yo‘lini to‘sib, uni cho‘ktirib yuborgan Su-27 uchuvchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
- Kreml 20-22 mart kunlari XXR rahbari Si Jinping Rossiyaga tashrif buyurishini e’lon qildi.
- Jurnalistlar Turkiya Rossiyadan kelgan Boeing va Airbus samolyotlariga yonilg‘i quyish va xizmat ko‘rsatishni taqiqlagani haqida xabar qildi. RF transport vazirligi esa xizmat ko‘rsatishda muammolar yo‘qligini aytmoqda.
- Slovakiya hukumati Ukrainaga 13 dona MiG-29 samolyotlari yetkazib berishni ma’qulladi.
- Politico nashri 2022 yilda Xitoyning qator kompaniyalari Rossiyaga qurollar partiyasi, xususan, shturm miltiqlari, dronlar uchun qismlar va zirhli nimchalar yetkazib berganni xabar qildi.
Kun kadri. O‘qlar yomg‘iri ostidagi ukrain askari
17 mart tongida Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Avdiyivka shahriga to‘rt marta aviazarba yo‘lladi. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, bu safar qurbonlar bo‘lmagan, shahar uchun janglar esa deyarli to‘xtovsiz olib borilmoqda. Avdiyivkada jurnalist Yevgeniy Maloletka ishlamoqda — u bu urushdagi asosiy fotomuxbirlardan biri sanaladi. U quyidagi suratda yonayotgan uy yaqinida otishmalardan yashirinayotgan ukrain askarini tasvirga olgan.

Baxmut atrofidagi janglar
Baxmu uchun janglar shahar chekka hududlarida olib borilmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti shaharda qo‘shinlar joylashuvi ko‘rsatilgan xaritani namoyish etdi. Ekspertlar fikricha, Baxmutning boy berilishi emas, undan g‘arbroqda joylashgan Chasiv Yar rossiyaliklar nazoratiga o‘tishi Ukraina qurolli kuchlari uchun strategik xavf tug‘dirishi mumkin. Bu shahar tepaliklarda joylashgan, bu yerdan turib atrofni yaxshi nazorat qilish mumkin, uning boy berilishi esa Kramatorsk va Slovyanskka ham xavf soladi.

Muhammed Enes Yildirim / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yarador donbasslikning davolanishga olib kelinishi

Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
Mariupolda vayron bo‘lgan uyning snos qilinishi
Ukrainaning Mariupol shahri 2022 yil mayida Rossiya qo‘shini tomonidan to‘liq egallab olingandi. Shahar uchun janglar bir necha oy davom etdi va bu vaqtda shaharning bir qismi butkun yakson etildi. Qamal vaqtida halok bo‘lganlar soni bir necha ming kishi deb baholanadi, yana o‘n minglab kishilar shaharni tark etib, qochqinga aylangan. Oktyabr oyida The Village nashri Mariupolni rivojlantirish rejasini taqdim etgandi, unga ko‘ra 2035 yilga borib shahar aholisi soni urushdan oldingi holatiga qaytishi kerak. Bosqinchi hukumat o‘tgan yil 16 oktyabrida rossiyaliklar aviabombasidan vayron bo‘lgan drama teatri binosini (zarba oqibatida binoda bo‘lgan 600 ga yaqin kishi halok bo‘lgani aytiladi; bino 2022 yil dekabrida to‘liq buzib tashlangan), shuningdek shahar himoyachilarining so‘nggi qal’asi bo‘lgan «Azovstal» zavodini tiklamoqchi ekanini ma’lum qilgandi, keyinroq RF hukumati zavodni tiklamoqchi emasligini ma’lum qildi. Hozirda otishmalar oqibatida tiklab bo‘lmas darajada vayron bo‘lgan ko‘p qavatli binolarning betonlarini yo‘l qurish uchun ishlatmoqda.

Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat | 07:28
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
Mavzuga oid

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:23 / 15.07.2025
Qurollanishning yangi davri boshlandi. Harbiy budjeti eng katta davlatlar qaysi?

18:39 / 15.07.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana uch oyga uzaytirildi

14:51 / 15.07.2025