Slovakiya hukumati MiG-29 Kiyevga topshirilishini ma’qulladi

Jahon 14:47 / 17.03.2023 3984

Avvalroq Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad Bratislava Ukrainaga o‘tgan yozda foydalanishdan chiqarilgan 10 ta MiG-29 samolyotini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Ularning aksariyati foydalanishdan chiqarilgan, deya qayd etadi Reuters.

Bundan tashqari, Polsha yaqin kunlarda Ukrainaga to‘rtta MiG-29 qiruvchi samolyotini topshiradi, deya xabar berdi prezident Anjyey Duda. 

Kelajakda Varshava Kiyevga va’da qilingan qolgan 12 ta qiruvchi samolyotni ham beradi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga mamlakat harbiy-havo kuchlarida foydalanishda bo‘lgan bir qancha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi ekanini aytgandi.

«Biz bu qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyormiz va ishonchim komilki, Ukraina ulardan darhol foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», — deya uning so‘zlari ingliz tiliga tarjima qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: