O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy-Laos-Tailand-Malayziya transport yo‘lagi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston 15:59 / 17.03.2023 5492

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsuli Faxriddin Sultonov Tailandda amaliy safar bilan bo‘lib turgan Laos Jamoat ishlari va transport vazirligi Rejalashtirish va moliya departamenti bosh direktori Van Dilafan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda Janubi–Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston vakili Xitoy va Laos o‘rtasida temiryo‘l transportida yuk tashuvlari va «O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy-Laos-Tailand-Malayziya» transport koridorini tashkil etish imkoniyatlari o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Laos Jamoat ishlari va transport vazirligi departamenti bosh direktori Markaziy Osiyo davlatlari bilan Laos orqali o‘tuvchi transport koridorini tashkil etish masalasini o‘rganishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Laos orqali temiryo‘l transportida yuk tashuvlari borasida talablar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari delegatsiyasini ushbu mamlakatga xizmat safarini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Ko‘proq yangiliklar: